Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston uchun AQSh oltinchi qo‘shni bo‘la oladimi?

O‘zbekiston uchun AQSh oltinchi qo‘shni bo‘la oladimi?

Jurnalist Daniel Runde AQSh va O‘zbekiston munosabatlari rivojlanish strategiyasi va kelajagi haqida «The National Interest» nashrida tahliliy maqola e’lon qildi.

Muallif maqolada asosan ikki jihat O‘zbekistonning AQSh bilan yaqinlashishidagi maqsadlari, mamlakatning dengizga chiqish imkoniyatlari “O‘rta yo‘lakka” urg‘u bergan.

Rossiya, Xitoy savdo aylanmasi Yevropa va AQShdan yuqori

Muallif maqolada O‘zbekistonning Xitoy, Rossiya tashqi savdo aylanmasini yuqorilab borishiga AQSh bilan farqi yuqori ekanligiga urg‘u beradi. O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi savdo hajmi 2017 yilda 4,2 milliard dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilda taxminan 14 milliard dollarga yetgan. 2017 yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo hajmi 4,5 milliard dollar bo‘lgan, 2023 yilda 10 milliard dollarga yetgan.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo hajmi 2018 yilda 355 million dollar bo‘lgan.Bu ko‘rsatgich 2023 yilda esa 650 million dollarga yetgan.

Nashrda, O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini diversifikasiya qilish, siyosiy aloqalarni mustahkamlash va infratuzilma hamda islohotlar bo‘yicha sa’y-harakatlarni rivojlantirish uchun ko‘proq AQSh hamda Yevropa Ittifoqi bilan savdo va investisiyalarni ko‘paytirishni istayotgani aytiladi.
Agar ikki mamlakatning yaqinlashish sabablariga to‘xtaladigan bo‘lsak:

Birinchisi, O‘zbekiston AQShdan Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishida yordam berishini xohlaydi.
O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST)ga a’zo bo‘lish loyihasi qariyb 30 yildan beri davom etib kelmoqda. Ammo hukumatning JST talab qiladigan siyosiy islohotlarni amalga oshirishga tayyorligi ham doimiy tarzda o‘zgarib turibdi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, jurnalist Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekistonning hamkorligi chuqur bo‘lmayotganligiga sabab sifatida “Jekson Born” sanksiyalarining ham o‘rni borligini aytib o‘tgan. AQSh Sobiq Sovet davlati tarkibiga kirgan ayrim davlatlarga nisbatan ilgari sanksiya qo‘llagan. O‘zbekiston ham haligicha sanksiyalar tarkibida borligi aytiladi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar AQSh Kongressining Umumiy preferensiyalar tizimi (UPT) – savdo imtiyozlari dasturini muvaffaqiyatli yangilashini istaydi. UPT ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarning mahsulotlariga bojxona imtiyozlarini taklif qilgan.

O‘zbekistonning AQSh bilan savdosini Xitoy, Rossiya yoki Yevropa Ittifoqi o‘rtasida bo‘lgan savdo aylanmasi bilan solishtirganda ikkala davlat va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Qo‘shma Shtatlardan oldindaligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

O‘zbekistonning AQSh xushlamaydigan hamkorlari

Maqolada, O‘zbekistonning dengizga chiqish yo‘li yo‘qligi, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tufayli dengiz yo‘lidan foydalanilmayotganligi aytib o‘tilgan. Bu borada O‘zbekiston yangi imkoniyatlarni qidirmoqda. Ushbu imkoniyatlarning ba’zilarini AQSh qo‘llab-quvvatlay olmasligi mumkin. Chunki ular Afg‘oniston, Eron va Xitoy orqali o‘tadi.
Jurnalist ushbu yo‘llar O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari uchun juda muhimligini aytgan. Ammo AQSh O‘zbekistonga “Siz bu yo‘llardan foydalana olmaysiz” deb ayta olmaydi.
AQShning hozir yordam berishi mumkin bo‘lgan eng muqobil variant “O‘rta yo‘lak” deb nomlangan yo‘nalishni kengaytirishdir. Bu yo‘l Qozog‘iston orqali va “Trans-Kavkaz tranzit koridori” orqali Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya, Qora dengiz yoki Kavkaz bilan Yevropaga olib boradi. O‘zbekiston anchadan beri “O‘rta yo‘lak”dan, ya’ni Qozog‘istondagi Kaspiy dengizidagi ikki port orqali Osiyo va Yevropani bog‘laydigan yo‘nalishdan foydalanmoqda.
«O‘rta yo‘lak» so‘nggi yillarda Yevropa moliyaviy institutlari investisiya loyihalari tomonidan rivojlantirildi.

«Agar AQSh harakat qilsa, O‘zbekiston uchun Rossiya yoki Xitoydan tashqari yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishi mumkin. Bunga erishish uchun esa O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash kerak”,-deyiladi maqolada.

Nashrda, O‘zbekistonning bolalar mehnatini yo‘q qilish yo‘lida sezilarli yutuqlarga erishganligi, gender tengligi va teng maosh to‘lanishini ham alohida qayd etilgan.

Nashrning yozishicha, AQSh O‘zbekistonning eng yaxshi do‘sti emasdir. Lekin u ishonchli va yaxshi do‘st bo‘lishga intiladi.

«O‘zbekiston beshta qo‘shni davlatga ega va 2000 yillarning boshlarida AQShni “oltinchi qo‘shnisi” deb hisoblagan. “O‘zbekiston AQShni yana “oltinchi qo‘shnisi” deb biladigan kun uchun ishlashimiz kerak», – deyiladi maqolada.

Kiritildi: 14:13 31.08.2024. O'qildi: 6621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!