U-17 Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 8–15 fevral kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Islom Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida “Antalya Youth sup” xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi va Slovakiya, Marokash hamda Chexiya o‘smirlar terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushadi.
10 fevral
Slovakiya — O‘zbekiston
12 fevral
O‘zbekiston — Marokash
14 fevral
Chexiya — O‘zbekiston