Italiyaning Rimini shahridagi xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi katta qiziqish uyg‘otdi. Ilk kunning o‘zida xorijiy turoperatorlar bilan 400 ga yaqin uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
2025 yilda O‘zbekistonga 11,7 million turist kelgan. 2026 yilning 9 oyida esa 10,3 million sayyoh tashrif buyurib, turizm xizmatlari eksporti 5,3 milliard dollarga yetdi.