Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Netanyaxu Isroil taqdiri qil ustida turganini aytdi

Netanyaxu Isroil taqdiri qil ustida turganini aytdi

“Biz tarixiy chorrahada turibmiz. Hozir mas’uliyat ko‘rsatish zarur. Mas’uliyat esa bu — birlik demakdir. Ammo hafta boshidayoq yahudiy davlatini yo‘q qilishni istaydigan terrorizm tarafdorlari ovoziga tayanib, tor doiradagi hukumat tuzishmoqchi ekanini eshitib hayratda qoldim. Bu aqlga sig‘maydigan holat. Bunga zudlik bilan chek qo‘yish kerak. Mas’uliyat bu — birlik. Hozir aynan shuni amalga oshirish lozim. Kechiktirilgan har bir soat — ortiqcha kutish soatidir. Isroil taqdiri qil ustida turibdi”, dedi Isroil bosh vaziri.

Isroil hukumati rahbari kuni kecha davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangandi. Oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda uning “Likud” partiyasi mag‘lub bo‘lgan va hukumat tuzish muxolifat rahbari Gadi Eyzenkotga topshirilgan.

Kiritildi: 17:43 20.11.2026. O'qildi: 2827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik