Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Flik "Barselona" rahbariyatidan ikkita transfer so‘radi

Flik "Barselona" rahbariyatidan ikkita transfer so‘radi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qishki transferlar oynasida jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirishni muhim vazifa deb hisoblamoqda.

Sport.es nashrining xabar berishicha, germaniyalik mutaxassis klub sport rahbariyatiga yangi markaziy himoyachi sotib olish zarurligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, agar Aleks Balde jamoani tark etsa, uning o‘rnini to‘ldirish uchun chap qanot himoyachisini ham xarid qilish rejalashtirilmoqda.

Flikning bu talabi "Barselona" tarkibidagi bir qator himoyachilar jarohat olgani bilan bog‘liq.

Biroq kataloniyaliklarning transfer rejalarini amalga oshirishida La Liganing moliyaviy qoidalari to‘siq bo‘lishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Aleks Baldening ehtimoliy sotilishi yoki "Liverpul" tomonidan ijaraga olingan Ronald Arauxoning to‘liq transferi uchun to‘lov amalga oshirilishi klubga qo‘shimcha mablag‘ keltirishi mumkin.

"Barselona" ushbu tushumlardan yangi himoyachi sotib olish uchun foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 23:56 20.11.2026. O'qildi: 3727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik