Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston-Tojikiston Birinchi rektorlar forumi o‘tkazildi

O‘zbekiston-Tojikiston Birinchi rektorlar forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 14 mart kuni Dushanbe shahridagi Tojikiston milliy universitetida «O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar sohasidagi ikki tomonlama aloqalar milliy iqtisodiyotni rivojlantirish asosi» mavzusida O‘zbekiston-Tojikiston Birinchi rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri I. Abdurahmonov boshchiligidagi 19 ta oliy ta’lim muassasasidan rektor va prorektorlardan iborat delegasiya ishtirok etdi.

O‘zbekiston-Tojikiston Birinchi rektorlar forumi o‘tkazildi

Ushbu tadbir O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishdagi o‘zaro sa’y-harakatlari hamda strategik sheriklikning yana bir misolidir. Forumda Tojikistonning 40 dan ortiq universitetlari rektorlari, ilmiy doira vakillari, professorlari , jami 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston-Tojikiston Birinchi rektorlar forumi o‘tkazildi

Anjumanni Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri R. Saidzoda va O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri I. Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochdilar. Vazirlar Forumni ikki davlat ziyolilari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun yaratilgan imkoniyatlarning samarasi sifatida baholab, endigi navbat ikki davlat olimlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash ekanini ta’kidladilar.

O‘zbekiston-Tojikiston Birinchi rektorlar forumi o‘tkazildi

– O‘zbekiston-Tojikiston Birinchi rektorlar forumi uzoq kutilgan tadbirlardan biri va u universitetlar o‘rtasida yangi loyihalarni amalga oshirishga hizmat qiladi, –dedi R Saidzoda.

Shuningdek, Tojikiston milliy universiteti rektori Q. Hushvaqtzoda so‘nggi yillarda o‘zaro aloqalarda ijobiy dinamika kuzatilayotganini, bunda davlatlarimiz Rahbarlarining uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosatlari, o‘zaro ishonchga asoslangan ochiq muloqotlari hamda ushbu uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, rasmiy ochilishda Tojikiston milliy universiteti rektori Q. Xushvaqtzoda O‘zbekiston Prezidentining ikki tomonlama munosabatlarda mavjud bo‘lgan barcha masalalarni yechish bo‘yicha amalga oshirgan sa’y-harakatlari Tojikistonda yuksak qadrlanishini, ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaralar ochilib, transport tizimlari tiklanib, fuqarolarning erkin bordi-keldi qilishlari uchun imkoniyatlar yaratilgani bugungi kunda Tojikiston milliy universitetidagi o‘zbek talabalarning soni oshganligidan ko‘rish mumkinligini aytdi.

O‘zbekiston-Tojikiston Birinchi rektorlar forumi o‘tkazildi

Ishtirokchilar forumning «Oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlik: ustuvor vazifalar va rivojlanish yo‘nalishlari» hamda Ilmiy va innovasion hamkorlik yangi iqtisodiyotni rivojlantirishning asosi» sho‘balarida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ikki mamlakat OTM rahbarlari chiqishida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining jahon ta’lim makoniga integrasiyalashuvi, Tojikiston universitetlari bilan hamkorlik strategiyasi, qo‘shma loyihalari yaratilishi va ularning muvaffaqiyatlari mavzularida aloqalarning muhim jihatlari qayd etildi.

Muzokaralar natijasida 28 ta Anglashuv memorandumi, Bitim va «Yo‘l xaritalari» imzolandi. Anjuman doirasida U-2-U (Universitet-Universitet) formatida rektorlar uchrashuvi o‘tkazildi, anglashuv memorandumi, bitim hamda «Yo‘l xarita»lari imzolandi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri vaziri I. Abdurahmonov Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri R.Saidzoda ikki davlat ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini ko‘paytirish, o‘zbek-tojik qo‘shma universitetini tashkil etish masalasini o‘rganib chiqish, shuningdek, Ikkinchi rektorlar forumini Toshkentda tashkil qilishga kelishdilar.

Tojikiston milliy universiteti rektori Q. Xushvaqtzoda bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida, mazkur universitet hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish hamda Tojikiston fuqarolari uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun grantlar tashkil etish, shuningdek, mazkur universitet xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish masalasi muhokama etildi.

Tojikiston milliy universitetida Tojikiston OTMlarida tahsil olayotgan 300 nafardan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Kiritildi: 22:43 16.03.2023. O'qildi: 2402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!