Vazirlik vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirib, barcha tomonlarni mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqirdi .
Shuningdek, O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tayland va Kambodjadagi fuqarolarimiz orasida jabrlanganlar yo‘q.
Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga safar qilmaslik va rasmiy xabarlarni kuzatib borish so‘raldi.
❓Mojaro nimadan kelib chiqqan?
Tayland va Kambodja o‘rtasidagi chegara nizolari Fransiya mustamlakasi davriga borib taqaladi. Shundan buyon ikki davlat chegarasida vaqt-vaqti bilan qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib turadi.
Bu safar keskinlashuv 23 iyul kuni 5 nafar taylandlik harbiyning chegarada yer minasi portlashi oqibatida jarohatlanishi ortidan kelib chiqqan .
O‘zaro o‘t ochishlarda taylandlik 14 kishi halok bo‘ldi. Ikki tomondan yuz minglab aholi chegara hududlaridan evakuasiya qilindi.