O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Maskatga tashrifi davomida kecha O‘mon savdo korxonalari guruhi raisi Saad Suhail Bahvan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"O‘mon savdo korxonalari guruhi raisi janob Saad Suhail Bahvan bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – O‘zbekiston iqtisodiyoti barcha uchun ochiq va butun dunyo biznesini hamkorlikka chorlaydi. Uchrashuvimiz davomida yangi imkoniyatlar hamda O‘mon kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan bir qator istiqbolli loyihalarni muhokama qildik".