Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya uchinchi jahon urushiga tayyor

Turkiya uchinchi jahon urushiga tayyor

Uchinchi jahon urushi xavfi juda real, dedi Turkiya Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Zeki Akturk tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanning global urush ehtimoli va yadro qurolidan foydalanish haqidagi so‘nggi bayonotini izohlar ekan.

«Agar siz Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida bo‘lgani kabi keng qamrovli xavf bormi, deb so‘rasangiz, bu albatta mumkin. Milliy mudofaa departamenti sifatida biz mamlakat harbiy va xavfsizlik tizimining holatini ko‘rib chiqamiz va kerak bo‘lganda barcha rejalarimizni yangilaymiz. Aytish mumkinki, biz (urushga) eng tayyor davlatlardanmiz.

Turk Qurolli Kuchlari allaqachon rivojlangan logistikaga ega, ko‘plab mintaqalarda doimiy faoliyat yuritadigan dinamik armiyadir. Shuningdek, biz dunyoning turli burchaklarida tinchlikparvarlik amaliyotlarini olib boramiz. Hech kim, ayniqsa Turkiya, uchinchi jahon urushi kabi dahshatli senariyni xohlamaydi, ammo shuni ta’kidlash kerakki, armiyamiz har qanday senariyga tayyor», — dedi Zeki Akturk.

Kiritildi: 17:42 27.06.2024. O'qildi: 17391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!