Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Makron mag‘lub bo‘ldi

Makron mag‘lub bo‘ldi

Kecha, 30 iyun kuni Fransiyada parlament saylovlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, o‘ta o‘ngchi “Milliy birlik” partiyasi 34,2% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Chap qanot koalisiyasi “Yangi xalq fronti” 29,1% ovoz to‘plagan bo‘lsa, iqtidordagi prezident Emmanuel Makronning partiyasi esa 21,5% ovoz bilan 3-o‘rinni band etgan.

Agar “Milliy birlik” keyingi turda ham o‘z natijalarini saqlab qolsa, parlamentdagi 240 dan 270 tagacha o‘ringa ega chiqishi mumkin.

Bundan tashqari, “Yangi xalq fronti” yetakchisi Jan-Lyuk Melenshon saylovlardan keyin Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal kursisini bo‘shatishga majbur bo‘lishini aytib o‘tgan.

Fransiyada saylovning dastlabki natijalari e’lon qilingach, mamlakatda mitinglar boshlandi. Parijning markaziy ko‘chalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarning oldini olish maqsadida polisiya safarbar qilingan.

Birinchi turda g‘olib aniq bo‘lmagan okruglar uchun saylovning ikkinchi bosqichi 7 iyulga belgilangan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa parlamentiga saylovlarda prezident Makronning “Renessans” partiyasi o‘ta o‘ngchi muxolifatga o‘z o‘rnini boy bergan. Buning ortidan esa prezident navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishini e’lon qilgan.

Kiritildi: 20:45 01.07.2024. O'qildi: 6506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!