Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Timur Kapadze Olimpiadaga uch nafar yoshi katta futbolchini olib ketmoqchi. Ular kimlar?

Timur Kapadze Olimpiadaga uch nafar yoshi katta futbolchini olib ketmoqchi. Ular kimlar?

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Timur Kapadze Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga olib ketishni reja qilgan uch nafar yoshi katta futbolchisining ism-sharifini ma’lum qildi.

Olimpiyachilarimiz ustozining ma’lum qilishicha, terma jamoamiz U-23 yosh toifasidan kattalar limitidan to‘liq foydalanadi – Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov Parijga olib ketiladi.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiada uchun jamoalar faqatgina 18 nafar futbolchini "zayavka" qilishlari mumkin. Bundan tashqari, yana 4 nafar o‘yinchini zaxira varianti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

Musobaqa payti 18 talikdan kimdir jarohat olib yoki betob bo‘lib qolgan o‘yinlarda o‘ynay olmasa, uning o‘rniga o‘sha 4 nafar zaxiradagi futbolchilardan birini "zayavka"ga kiritish mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 14:25 01.07.2024. O'qildi: 1748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!