Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yaqin kunlarda Eron va Afg‘onistonning bir qancha hududlarida "do‘zax" issiqligi kutilmoqda

Yaqin kunlarda Eron va Afg‘onistonning bir qancha hududlarida "do‘zax" issiqligi kutilmoqda

Metejurnalga ko‘ra, 1-2 iyul kunlari Eronning janubi-g‘arbida deyarli +50°S ga yaqin haroratlar, 3-4 iyul kunlari Dashti Lutdagi harorat +49°S +54°ga yetishi prognoz qilinmoqda. Afg‘onistonning qo‘shni Farah va Nimroz viloyatlarida ham harorat +45° +50°S ga yetadi.

Joriy yoz — fors ko‘rfazi mamlakatlarida, Eronning janubi va sharqida, Afg‘oniston janubida, Pokiston va Hindistonda, hatto so‘nggi o‘n yillikning o‘rtacha qiymatlari fonida ham g‘ayritabiiy issiqlik intensivligi va davomiyligi bilan ajralib turmoqda.

Er yuzida qayd etilgan eng yuqori harorat +56,7°S ni tashkil qiladi (1913 yil O‘lim vodiysida). Ko‘rib turganingizdek, Eronning Dashti Lut cho‘lida prognoz qilingan harorat sayyoramizdagi maksimal haroratning mutlaq rekordiga juda yaqin bo‘ladi.

Kiritildi: 09:25 01.07.2024. O'qildi: 1735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!