Vazirlik matbuot kotibi Axror Burxonov ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini rossiyalik deb tanishtirib, o‘zbeklarni haqorat qilgan shaxs haqida munosabat bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu video ataylab tayyorlangan va ikki mamlakat o‘rtasida nizo chiqarish uchun tarqatilgan.
Shu bilan birga, ushbu video internetda paydo bo‘lishi bilanoq, Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan.
Rossiya tomoni esa shu zahotiyoq "bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilishidan qat’i nazar, chuqur afsuslanarli" ekanini ta’kidlagan.
"Vaqti-vaqti bilan OAVlarining kun tartibida ba’zi voqealar yoki bayonotlar tufayli shovqinlar paydo bo‘ladi. Lekin ular voqelikni to‘g‘ri aks ettira olmasligi, ba’zan esa uni juda buzib ko‘rsatishi mumkin. Shu munosabat bilan OAV va bloglar olami vakillarini tasdiqlanmagan materiallarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Biz hamkorlikka doim ochiqmiz", deydi Ahror Burhonov.