Kecha, 14 noyabr kuni termamiz JCH-2026 saralashi doirasida Qatarga imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida O‘zbekiston termasi sardori Eldor Shomurodov jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, u maydonga qaytgan bo‘lsa-da, 20-daqiqada almashtirildi.
Shunday qilib, termamiz sardori o‘yindagi jarohati sababli 19 noyabr kuni KXDR termasiga qarshi o‘ynamaydi. Olgan ma’lumotlarimizga qaraganda, Eldor milliy jamoa bilan Laosga bormaydi.