Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

"O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning "2023 yil III chorak faoliyat natijalari bo‘yicha ishlab chiqarish mukofotini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘i noto‘g‘ri talqin qilingan

A A A
"O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning "2023 yil III chorak faoliyat natijalari bo‘yicha ishlab chiqarish mukofotini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘i  noto‘g‘ri talqin qilingan

Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning "2023 yil III chorak faoliyat natijalari bo‘yicha ishlab chiqarish mukofotini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘i paydo bo‘lib, unda buyruq mazmuni noto‘g‘ri talqin qilingan.

Xususan, Jamiyat oddiy ishchi-xodimlariga yetarlicha e’tibor qaratmay turib, rahbar xodimlarni mukofotlayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Ta’kidlash joizki, Jamiyatda barcha ishchi-xodimlar, mutaxassis va rahbar xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Tarmoq jamoa shartnomalariga muvofiq Jamiyat miqyosida barcha temiryo‘lchi xodimlarni moddiy qo‘llab quvvatlash uchun ishlab chiqilgan «Jamiyat mutaxassis va rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida»gi hamda «Jamiyat ishchilarini mukofotlash to‘g‘risida»gi Nizomlarga asosan hisobot davridagi Jamiyat faoliyati natijalariga ko‘ra mukofotlanadilar.

Bundan tashqari, nizomlarda barcha ishchi-xodimlarning toifasi, kasbining murakkabligi, javobgarlik va asosiy faoliyatga aloqadorlik darajasi inobatga olingan xolda mukofot foizi miqdorlari asosiy faoliyat ishchilari (yo‘l sozlovchi, elektromonter, mashinist) uchun har oyda 100 foizgacha, mutaxassis va rahbar xodimlar uchun har chorakda 40 foizgacha etib belgilangan.

Shunday qilib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining barcha xodimlari belgilangan qoidalar va ustama miqdoriga muvofiq mukofot olish huquqiga ega.

Kiritildi: 10:22 07.12.2023. O'qildi: 1447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!