Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yangi «elektrichka»lar sotib oladi

A A A
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yangi «elektrichka»lar sotib oladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan yaqin kelajakda yangi harakat tarkib (elektrichka)larni sotib olish rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda Xitoy, Janubiy Koreya, Belarus va Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan bu turdagi harakat tarkiblarning texnik xususiyatlari va narx siyosati batafsil o‘rganib chiqilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda quyidagi yo‘nalishlarda elektropoyezdlar harakatlanadi: 

Toshkent – Xodjikent,  Toshkent – Xovos,  Toshkent Guliston Toshkent Bekobod Toshkent Angren Toshkent Sirdaryo

2020 yilning yozidan boshlab esa Farg‘ona vodiysidagi elektrlashtirilgan xalqa temir yo‘li Namangan Andijon Marg‘ilon Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha ham elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilgan.

Kiritildi: 02:59 06.05.2021. O'qildi: 2778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!