Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg‘iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg‘iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi

Tashrif bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 31 iyul kuni ushbu mamlakat Prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning barcha asosiy yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiyot, investisiya va madaniyat sohalaridagi masalalar muhokama qilindi. Qambarota GES-1 hamda “Qirg‘iziston-Xitoy-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish kabi qo‘shma loyihalar doirasida o‘zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi, deb yozadi Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarini yo‘naltirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

"Yakunda Prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy salom yo‘llab, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga mas’uliyatli davlat faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tiladi", deyiladi xabarda.
Kiritildi: 18:27 31.07.2025. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!