Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashdi

A A A
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shimoliy Makedoniyaga tashrifi davomida GFR tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashdi.

«Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashishdan mamnunmiz», - deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

O‘zbekiston–Germaniya hamkorligining keng qamrovli kun tartibi muhokama qilingan, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hamda bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqilgan.

May oyi boshida Berlinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat TIV rahbarlari O‘zbekiston va Germaniya hukumatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklarasiyani imzolagan edi. Muzokaralar oliy darajadagi O‘zbekiston-Germaniya sammiti arafasida bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 15:12 09.12.2023. O'qildi: 1223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!