Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston sil kasalligining oldini olish uchun 59,5 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston sil kasalligining oldini olish uchun 59,5 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Jenevada bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

2023-2026 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturiga muvofiq, 2023-2026-yillarda dori vositalari va sarf materiallari, tibbiy asbob-uskunalar, mutaxassislar tayyorlash va innovasion ilmiy tadqiqotlar uchun davlat byudjetidan 33 million dollar va xalqaro donorlar hisobidan 26,5 million dollar ajratish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda silga qarshi kurash xizmati islohoti tufayli mamlakatda qariyb 130 ming kishi qutqarib qolingan, kasallanish 43 foizga, o‘lim darajasi esa 84 foizga kamaydi.

Kiritildi: 12:08 24.05.2023. O'qildi: 1237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!