Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston ruhiy salomatlik bo‘yicha dunyoda oxirgi o‘rinlardan birida

O‘zbekiston ruhiy salomatlik bo‘yicha dunyoda oxirgi o‘rinlardan birida

Jahon bo‘ylab ruhiy holatni o‘rganuvchi Mental State of the World tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekiston 83 davlat orasida 74-o‘rinni egalladi. Bu mamlakat aholisining umumiy psixologik holati yetarlicha yaxshi emasligini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston aholisining o‘rtacha ruhiy salomatlik indeksi 54,5 ballni tashkil etgan. Solishtirish uchun, dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich — 63 ball. Bu degani, dunyo aholisi oyning 21 kunida o‘zini yaxshi his qilsa, o‘zbekistonliklar bu ko‘rsatkichdan ancha orqada.

Shunga qaramay, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatgan. Qozog‘iston — 76-o‘rin (52,3 ball), Qirg‘iziston — 79-o‘rin (51,2 ball), Tojikiston esa 80-o‘rinda (51,2 ball) joylashgan.

Eng yaxshi ruhiy holat Dominikan Respublikasi (89 ball), Tanzaniya (85,2 ball) va Panamada (84,4 ball) qayd etilgan. E’tiborlisi, urush bo‘layotgan mamlakatlar — Ukraina (70-o‘rin), Rossiya (24-o‘rin) va Isroil (4-o‘rin) kabi davlatlarda ham ruhiy salomatlik ko‘rsatkichlari yuqori (https://sapienlabs.org/wp-content/uploads/2025/02/Mental-State-of-the-World-2024-Online-Feb-26.pdf).

Kiritildi: 13:51 15.07.2025. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!