Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–868-son, 13.09.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

A A A
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–868-son, 13.09.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini olib boradi.

Davlat chegarasini kesib o‘tish quyidagicha amalga oshiriladi:

🔵quruqlikda, chegara daryolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida – xalqaro temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, daryo qatnovi va boshqa qatnov yo‘llarining Davlat chegarasini kesib o‘tish uchun belgilangan joylarida;

🔵samoviy hududda – xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yo‘laklarida.

Shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yo‘li va temir yo‘l o‘tkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganda:

🔵belgilangan yo‘nalishni o‘zgartirish;

🔵transport vositalariga shaxslarni chiqarishni, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish;

🔵har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni havoga ko‘tarishni, qo‘ndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.

Kiritildi: 22:00 13.09.2023. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!