Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Moliya vazirligi xodimlarini izolyasiya qildi

Moliya vazirligi xodimlarini izolyasiya qildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

➖ ustuvor davlat dasturlarini moliyalashtirish,
➖ byudjet tizimi xodimlariga ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash,
➖ koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta’minlash bo‘yicha uzluksiz faoliyatini davom ettirmoqda.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, jamoa ishni onlayn shaklda tashkil qilish hamda xodimlarni o‘z-o‘zini izolyasiya qilishi yuzasidan qaror qildi.

❗️Vazirlik jamoasi shifokorlar nazorati ostida quyidagi tartibda faoliyat olib boradi:

1️⃣ Vazir va vazir o‘rinbosarlari boshchiligidagi rahbariyat, asosiy bo‘limlarning boshliqlari va alohida xodimlari avvalgidek, vazirlik binosida ish olib boradi.

2️⃣ G‘aznachilik ham hisobvaraqlar bo‘yicha barcha xizmatlarni taqdim etgan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Buning uchun tegishli xodimlar jalb qilinadi va ular alohida binoda mustaqil ishlaydi.

3️⃣ Qolgan xodimlar masofadan ishlashni davom ettiradi.

❗️Ish haqi va nafaqalar ajratilishi to‘xtamaydi, shuningdek vazirlikka yuklatilgan barcha vazifalar va funksiyalar belgilangan tartibda bajariladi.

❗️Viloyat, tuman, shahar moliya va g‘aznachilik bo‘limlari o‘z faoliyatini odatdagidek davom ettiradi.

Kiritildi: 22:40 01.04.2020. O'qildi: 3061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!