Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston qashshoqlik bo‘yicha mintaqada uchinchi bo‘ldi

A A A
O‘zbekiston qashshoqlik bo‘yicha mintaqada uchinchi bo‘ldi

O‘zbekiston qashshoqlik darajasi bo‘yicha Markaziy Osiyoda uchinchi bo‘lgan.  Undan oldin Qirg‘iziston va Tojikiston turibdi. Bu haqda "Zed News" yozmoqda.

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha eksperti Uilyam Zeyts fikricha, Qozog‘istonda qashshoqlik darajasi eng past ko‘rsatkichga ega. Hatto qozoqlarda bu holat sekinlik bilan bo‘lsa-da, yo‘qolib bormoqda.

Shaharlararo olib qaraganda iqtisodiy faollik bo‘yicha Toshkent, Olmaota va (hozirgi Nursulton) shaharlarida holat yaxshi. Ammo Bishkek va Dushanbe aholisi qashshoqlik darajasidan hali chiqib ulgurmagan.

Jahon banki qashshoqlik darajasini aholining iste’moliga qarab aniqlaydi: odamlar nima sotib olyapti, qanaqa mahsulotlar, pulini nimaga ishlatyapti va hokazo. Masalan, hozir qozoqlar kuniga o‘rtacha 5,5 dollar, qirg‘izlar esa 3,2 dollar foyda topadi. O‘zbeklarniki aytilmagan, o‘zingiz hisoblab, izohga yozishingiz mumkin.

Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga ko‘ra, 2030 yilgacha fuqarolarning o‘ta qashshoqlik shakli bartaraf etilishi kerak.
 

Kiritildi: 16:01 29.10.2019. O'qildi: 7368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!