“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining mulki, bino va inshootlarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Ijara shartnomasini tuzish huquqini qo‘lga kiritish uchun onlayn-auksion “E-auksion” platformasi orqali amalga oshiriladi. Ijara shartnomasi “Online-ijara.uz” tizimida ro‘yxatga olinadi. Shuningdek, Jazoni ijro etish muassasalariga Face-ID identifikasiya tizimi mavjud bo‘lgan infokiosklarni o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Jazoni ijro etish departamenti tomonidan mahkumlarning ehtiyojidan kelib chiqib, jazoni ijro etish muassasalariga o‘rnatiladigan infokiosklar soni va texnik talablari belgilanadi.
Departament infokiosklarni o‘rnatish bo‘yicha tanlov komissiyasi shakllantiriladi va ushbu komissiya mahkumlar va ularning qarindoshlari tomonidan buyumlarni elektron do‘konlar orqali sotib olish imkoniyatini yaratish uchun infokiosklarni o‘rnatish istagini bildirgan investorlarni aniqlash uchun davriy nashrlarda va IIVning rasmiy veb-saytida tanlov e’lon qiladi.
Tanlov g‘olibini aniqlashning mezonlari:
G‘olib bo‘lgan investor bilan 6 oydan 3 yilgacha muddatga shartnoma tuziladi Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 29 iyundan kuchga kirdi.