Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Prezidenti va Kuvayt Davlati Valiahdi keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Prezidenti va Kuvayt Davlati Valiahdi keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 fevral kuni Al-Kuvayt shahriga tashrif doirasida ushbu mamlakat Valiahdi Shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Valiahdga samimiy qabul va alohida e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi tarixiy muzokaralar, hukumat a’zolari va yetakchi kompaniyalar bilan sermahsul uchrashuvlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlarini kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lishi ta’kidlandi.

Oliy va yuqori darajada yaqin muloqot va almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi. Investisiyalarni jalb qilish uchun platformani tez fursatda ishga tushirish, agrosanoat majmui, transport va logistika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, farmasevtika, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda kooperasiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

"Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqoti doirasidagi tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qabul qilingan barcha qaror va kelishuvlar ijrosi ustidan birgalikda nazorat o‘rnatish masalasi kelishib olindi.

Kiritildi: 14:10 18.02.2025. O'qildi: 1006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!