Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya aerokosmik kompaniyasida bo‘ldi

A A A
O‘zbekiston Prezidenti Turkiya aerokosmik kompaniyasida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida 6 iyun kuni “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbariga kompaniya mahsulotlari namunalari, ishlab chiqarish jarayoni va xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari taqdimot qilindi.

1984 yilda tashkil etilgan kompaniya turg‘un va aylanma qanotli havo texnikasi, uchuvchisiz uchish qurilmalari va sun’iy yo‘ldoshlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish, modernizasiya qilish, ishlab chiqarish va aerokosmik tizimlarni integrasiyalash sohalarida Turkiyaning yetakchi texnologiya markazidir.

2023 yilda “Turkish Aerospace Industries Inc.” dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyalari ro‘yxatiga kirdi. Korxonaning yillik daromadi 1,5 milliard dollarni tashkil etadi.

Kompaniyada 15 mingdan ziyod xodim, shu jumladan 7 mingga yaqin muhandislar, 6,5 mingdan ortiq texniklar va boshqa ishchilar mehnat qiladi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Prezidentiga Turkiya mudofaa sanoatining keng turdagi qurol-yarog‘ va harbiy texnikani ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boshqa korxonalari faoliyati ham taqdimot qilindi.

Aviasiya texnikasining namoyish parvozlari ham o‘tkazildi.

Kiritildi: 16:14 06.06.2024. O'qildi: 1891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!