Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Tataristonning "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Prezidenti Tataristonning "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Qozon shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti - "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.

Prezidentimiz ushbu orden bilan O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofotlandi.

Mamlakatimiz yetakchisi Tatariston rahbariga mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Tatariston xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Tataristonning "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Kiritildi: Bugun 11:18. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!