O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi boshlandi.
“Vatan himoyachilari kuni arafasida Qurolli Kuchlarimiz va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyati samaradorligini tahliliy ko‘rib chiqish va kelgusidagi dolzarb vazifalarni belgilab olish yaxshi an’anaga aylangan.
Ushbu majlis ulug‘ sana – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 30 yilligi arafasida o‘tkazilmoqda”, dedi davlatimiz rahbari hamda yig‘ilganlarni, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan barcha harbiylarimiz va soha faxriylarini bayram bilan samimiy tabrikladi.