Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Respublikasi delegasiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Respublikasi delegasiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi energetika vaziri Parviz Shahbozovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va iliq tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sherikligi va ittifoqchiligini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Barcha darajalardagi aloqalar faol ekani, tovar ayirboshlash barqaror o‘sayotgani va energetika sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Neft va gaz sohasi, geologiya-qidiruv ishlari, “yashil” energiyani rivojlantirish hamda kimyo sanoatida qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Kiritildi: Bugun 17:45. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!