Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti AQSh moliya institutlari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti AQSh moliya institutlari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi

Vashington shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporasiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blekni qabul qildi.

O‘tgan yili Prezident Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar AQSh ishbilarmon doiralari bilan savdo-investisiyaviy hamkorlikni kengaytirishga kuchli turtki bergani ta’kidlandi.

Ishbilarmonlik kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ustuvor loyihalarni tizimli ilgari surish uchun Investisiya platformasini ishga tushirishga alohida e’tibor qaratildi.

Eksimbank bilan hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Yirik sanoat va infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish hamda yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlash shular jumlasidan.

DFC rahbariyati bilan suhbatda investisiyaviy hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Korporasiyaning yirik milliy va mintaqaviy loyihalarda ishtirok etish, moliya bozori va energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zbekiston Prezidenti AQSh tomonini Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etishga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida tashrif davomida imzolangan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida investisiya platformasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim almashildi.

Kiritildi: Bugun 06:20. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!