Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti AQSh biznesi bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti AQSh biznesi bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investisiya forumi arafasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining yetakchi kompaniyalari delegasiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda AQSh Davlat kotibi yordamchisi Erik Meyer, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Xalqaro taraqqiyot moliya korporasiyasi vise-prezidenti Brez Betani, shuningdek, "Boeing", "FLS", "Visa", "NASDAQ", "Air Products", "Franklin Templeton", "Morgan Stanley", "Coca-Cola" va boshqa ko‘plab korporasiyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv Amerika biznesida O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirishga qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Investision va innovasion hamkorlik istiqbollariga, strategik ahamiyatga ega materiallarni o‘zlashtirish va qayta ishlash, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, transport va energetika infratuzilmasini modernizasiya qilish, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 09:55 10.06.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!