Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston OTJ Yangi Zelandiyani mag‘lub etdi

O‘zbekiston OTJ Yangi Zelandiyani mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Fransiyaning Nisa shahrida so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda.

Timur Kapadze shogirdlari Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Oston O‘runov hisobni ochdi. 84-daqiqaga kelib, raqib jamoa hisobni tenglashtirdi.

87 va 89-daqiqalarda esa Husayn Norchayev ikki bor darvozani ishg‘ol etib, O‘zbekiston OTJga g‘alaba olib keldi.

Ma’lumot uchun Yangi Zelandiya terma jamoasi ham Parij Olimpiyadasida ishtirok etadi. Ular musobaqaning A guruhidan joy egallagan. Guruhda Fransiya, AQSh va Gvineya Yangi Zelandiyaning raqiblari hisoblanadi.

Shu tariqa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ikkinchi nazorat o‘yinida ham zafar quchdi. 15 iyul kuni jamoa “Reysing Grass” klubiga qarshi o‘ynab, 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 06:15 19.07.2024. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!