Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston musulmonlari idorasi So‘xdagi vaziyat bo‘yicha xalqimizni vazminlikka chaqirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi So‘xdagi vaziyat bo‘yicha xalqimizni vazminlikka chaqirdi

Xabaringiz bor, So‘x tumanida qo‘shni davlat aholisi bilan kelishmovchilik yuzaga kelgandi. Ushbu nizoga O‘zbekiston musulmonlari idorasi munosabat bildirdi.

Shu yil 31 may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi “Chashma” hududida ikki davlat aholisi o‘rtasida kelishmovchilik yuz berdi. Shundan so‘ng muhtaram Prezidentimiz topshirig‘i bilan Bosh vazir Abdulla Aripov voqea joyiga tezkorlik bilan yetib bordi. Bosh vazir u yerda Qirg‘iziston hukumati vakillari, mahalliy aholi bilan muloqot qilib, mavjud masala bartaraf etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi So‘xdagi vaziyat bo‘yicha xalqimizni vazminlikka chaqirdi

Allohga shukrki, ushbu muammoli vaziyat tezkorlik bilan o‘z vaqtida bartaraf etildi. Aslida, qadim-qadimdan bir daryodan suv ichib, bir havodan nafas olgan ikki xalqning ildizi tutashdir. Ikki mamlakat rahbarlarining mintaqamiz birligi yo‘lida olib borayotgan amaliy sa’y-harakatlari maqsadlarimizni birlashtirishga xizmat qilmoqda.

Ushbu noxush voqea bo‘yicha ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qilib, ro‘y bergan hodisa bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi va muhim choralar amalga oshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi So‘xdagi vaziyat bo‘yicha xalqimizni vazminlikka chaqirdi

MA’LUMKI, O‘ZBEK-QIRG‘IZ XALQLARI QADIMDAN YAXSHI QO‘SHNI BO‘LIB, BIR BULOQDAN SUV ICHGAN OG‘A-INILARDIR. YAXSHI QO‘SHNICHILIK INSONIY ALOQALARNI MUSTAHKAMLASHGA, JAMIYATNI KUCHLI-QUDRATLI QILISHGA XIZMAT QILADI. ISLOMDA QO‘SHNICHILIK ALOQASIGA ALOHIDA E’TIBOR BERILGAN. QO‘SHNIGA YAXSHILIK QILISh HAQIDA QO‘PLAB TAVSIYALAR KELGAN. ABU SHURAYH XUZO’IYDAN RIVOYAT QILINADI: «NABIY SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM: «KIM ALLOHGA VA OXIRAT KUNIGA IYMON KELTIRGAN BO‘LSA, QO‘SHNISIGA YAXSHILIK QILSIN», DEDILAR» (IMOM BUXORIY RIVOYATI).

Qo‘shniga yaxshilik qilish Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan kishining sifati, belgisi, alomati ekan. Kim Allohga iymon keltirgan bo‘lsa, qiyomat kunidan umidvor bo‘lsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilishi lozim ekan.

ALLOH TAOLO QUR’ONI KARIM: «ALLOHGA IBODAT QILINGLAR, UNGA HECh NARSANI SHERIK QILMANGLAR, OTA-ONAGA YAXSHILIK QILING VA QARINDOSHLARGA, MISKINLARGA, SHUNINGDEK, YETIMLARGA VA YAQIN QO‘SHNIGA, YONINGIZDAGI QO‘SHNIGA, YON QO‘SHNIGA YAXSHILIK QILING», DEB MARHAMAT QILGAN.

Qo‘shnichilikka oid oyatlarning zikr qilinishi bu munosabatning nihoyatda jiddiyligidan dalolat beradi va bu ma’no quyidagi hadisi sharif bilan mustahkamlanadi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Jabroil (alayhissalom) menga qo‘shni haqida shunchalik ko‘p vasiyat qil­di, qo‘shni qo‘shnisidan meros olarmikan, deb o‘ylab qoldim”, degan­lar (Imom Buxoriy rivoyati).

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida “Chashma” bulog‘ini tozalash chog‘ida kelib chiqqan nizodagi holatlar ayrim yomon niyatli kishilarga qo‘l kelishi mumkin. Shu bois turli fitnalarga berilmaslik, gap-so‘zlarga uchmaslik va og‘ir-bosiq bo‘lish kerak.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi So‘xdagi vaziyat bo‘yicha xalqimizni vazminlikka chaqirdi

O‘zbek va qirg‘iz xalqlari azaldan yaqin qo‘shni sifatida tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelgan. Xalqlarimiz tarixi, madaniy va diniy qadriyatlari mushtarak, an’ana va urf-odatlari o‘xshash.

Uzoq yillik tarix davomida xalqlarimiz hamjihatlikni hamisha qo‘llab-quvatlab kelgan.  Turli davlatlar boshiga tushayotgan muammolar bugun naqadar yomon oqibatlarga olib kelayotgani, bunday vaziyatda oqillik va vazminlik bilan ish tutish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli, endi qo‘shqanot bo‘lib, birgalikda ish yuritishimiz, barcha muammolarni ochiq muhokama qilgan holda hal etishimiz har qachongidan ham zarurdir.

QUR’ONI KARIMDA: “ALBATTA, MO‘MINLAR DINDA O‘ZARO BIRODARDIRLAR. BAS, SIZLAR IKKI BIRODARINGIZ O‘RTASINI TUZATIB QO‘YINGIZ VA ALLOHDAN QO‘RQINGIZ, SHOYAD, RAHM QILINSANGIZ”, MARHAMAT QILINADI (HUJUROT, 10).

HAZRATI PAYG‘AMBAR ALAYHISSALOM: «IKKI INSONNING ORASINI ISLOH QILISHNING AJR-U SAVOBI NIHOYATDA KATTA», DEB MARHAMAT QILGANLAR. QO‘SHNILAR O‘ZARO KELISHMAY QOLGAN VAQTDA INSONLARNING ORASINI ISLOH QILISh ISLOMDA JUDA HAM KATTA SAVOB ISHDIR.

Xalqimizda: “Bir kun janjal chiqqan joydan qirq kun baraka ko‘tariladi”, degan naql bor. Shunday ekan bugungi sinovli kunlarda bir-birimizga yelkadosh bo‘lib, arzimas sabablarni chetga surib, og‘rimizni yengilatish va mashaqqatda ko‘makchi bo‘lishga oshiqaylik. Mana shu chin mo‘minlik sifatidir.

O‘Z NAVBATIDA AYTISh ZARURKI, MANA SHUNDAY MURAKKAB VAZIYATLARNI BARCHAMIZ VAZMINLIK VA DONISHMANDLIK BILAN YENGIB O‘TISHIMIZ, HAMJIHAT BO‘LISHIMIZNI DAVRNING O‘ZI TAQOZO ETMOQDA. BUNDAY VOQEA-HODISALARGA PESHVOZ CHIQISHDA EHTIROSLARGA BERILMASDAN, DONISHMANDLARCHA VAZMIN VA OG‘IR-BOSIQ BO‘LISHIMIZ LOZIM. MO‘MIN KISHI BUNDAY HOLATDA QALB VA AQL AMRI BILAN ISh TUTADI. HISSIYOT VA FITNAGA SOLMOQCHI BO‘LGANLARGA IMKON BERMAYDI. HADISI SHARIFDA AYTILGANIDEK, “MO‘MIN KISHI OQIL, ZIYRAK VA HUSHYOR BO‘LADI”.

Alloh taolo xalqlarimizni turli fitna, nizo va hiylalardan hifzi himoyasida saqlasin, din va qon qarindosh birodarlar o‘rtasidagi ahlligimizni yanada ziyoda qilsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Kiritildi: 09:20 03.06.2020. O'qildi: 4050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!