Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi bir nechta imom-xatibni ishdan bo‘shatdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi bir nechta imom-xatibni ishdan bo‘shatdi

Bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari raisligida respublika diniy soha xodimlarining tanqidiy-tahliliy videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Juda keskin va tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda 2022 yil davomida masjidlar imom-xatiblari, imom-noiblari, mudarrislar va otinoyilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, ayrim diniy soha xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni isloh qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish jarayonida mehnat intizomiga rioya etmagan, vazifasiga vijdonan yondoshmagan, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini qondirishga jiddiy sa’y-harakat qilmagan va diniy soha xodimi maqomiga munosib bo‘lmagan 1 nafar viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbasari, 2 nafar tuman bosh imomi va 1 nafar imom-xatib ishdan olindi va 4 nafariga “hayfsan” intizomiy jazosi e’lon qilindi. Jumladan:

Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Fatullayev Abdusalom, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani bosh imomi va “Shoh Mashrab” masjidi imom-xatibi Hafizullo Zayniyev, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani bosh imom-xatibi Abloqulov Habibulla va Xorazm viloyati Shovot tumani “Xo‘roz Eshon bobo” masjidi imom-xatibi Ro‘zmetov Davronbek yig‘ilishda egallab turgan vazifalaridan ozod etildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali Jabborov, Jizzax shahar bosh imom-xatibi Faxriddin Shayzaqov, Toshkent viloyati “Rahbar ota Akbar o‘g‘li” masjidi imom-xatibi Rahmanov Muhammadiy va Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Oftobro‘y” masjidi imom noibi Ilhomiddin Toirovga “hayfsan” intizomiy jazosi berildi. Bundan tashqari, Toshkent shahri “al-Hudaybiya” masjidi imom noibi Shuhrat Ziyayev mehnat intizomiga rioya etmagani uchun chora sifatida boshqa ishga o‘tkazildi.

Shuningdek, ish faoliyatdagi xato-kamchiliklar sababli o‘tgan yilda 25 nafar imom-xatib, 19 nafar imom-noibi va 2 nafar muhtasib vazifasidan ozod etilgani, shuningdek, 56 nafar imom-xatib va imom noibiga “hayfsan” intizomiy chorasi berilgani ma’lum qilindi.

Muftiy hazrat tomonlaridan yig‘ilishda soha xodimlari tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, xalq bilan muloqot qilish, kitob mutolaasiga targ‘ib qilish, tahdidlarga qarshi kurashish, imom-xatiblar ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilish odobiga amal qilish va doimiy bilim saviyalarini oshirish yuzasidan tavsiya hamda ko‘rsatmalarni bayon etdilar.

Kiritildi: 19:02 28.02.2023. O'qildi: 2793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!