Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston MTJni boshqargan Xans-Yurgen Gyode — «Neftchi»da Islombek Ismoilovga yordam beradi!

O‘zbekiston MTJni boshqargan Xans-Yurgen Gyode — «Neftchi»da Islombek Ismoilovga yordam beradi!

«Neftchi» futbol klubi germaniyalik mutaxassis Hans-Yurgen Gyode yordamchi murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.

Hans-Yurgen Gyode 1956 yilda Germaniyaning Gelzenkirxen shahrida tug‘ilgan.

Futbolchilik faoliyati:

Hans-Yurgen Gyode professional faoliyatini “Shalke 04” klubida boshlagan.

Keyinchalik «Preussen» va “Fortuna Düsseldorf” jamoalarida to‘p surgan.

Ayniqsa «Fortuna» safida uzoq yillar yetakchi futbolchi va sardor bo‘lib, 343 ta o‘yinda maydonga tushib, 48 ta gol muallifi bo‘lgan.

Murabbiylik faoliyati:

Gyode murabbiylik faoliyatini 1991 yilda “Fortuna Dyusseldorf”da boshlagan.

Shundan so‘ng Eronning «Persepolis» klubini boshqargan, yoshlar termasiga rahbarlik qilgan va bir qator Osiyo va Yevropa klublarida faoliyat olib borgan.

Xalqaro tajriba:

U turli yillarda Eron, Bahrayn, Malayziya, Ozarbayjon, Liviya, Myanma va Germaniya klublarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, murabbiy O‘zbekistondagi faoliyati orqali ham allaqachon tanish bo‘lib ulgirgan. Gyode 2003–2004 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasida yordamchi, keyin esa bosh murabbiy sifatida ham ishlagan.

Kiritildi: Bugun 10:57. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!