Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston milliy jamoasining ikki futbolchisi bir jamoada harakat qilishi mumkin

O‘zbekiston milliy jamoasining ikki futbolchisi bir jamoada harakat qilishi mumkin

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov yana legionerga aylanishi mumkin.

Uzbekistan Legionaries telegram-kanalining UAEKICK nashriga tayanib xabar berishicha, 29 yoshli futbolchimizga BAAning "Baniyas" klubi qiziqish bildirmoqda.

Shukurov joriy yilning boshida Saudiyaning "Al-Fayha" jamoasini tark etgan edi. Shundan buyon u erkin agent bo‘lib turibdi.

"Baniyas" safida hozirda milliy jamoamizning yana bir futbolchisi Akmal Mozgovoy to‘p tepmoqda.

Kiritildi: 22:35 01.10.2025. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!