Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“O‘zbekiston – Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi (FOTO)

“O‘zbekiston – Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi (FOTO)

Kecha, 23 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti ko‘magida “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi kotibiyati hamkorligida tashkil etilgan “O‘zbekiston – Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum ikki muhim tarixiy sana – diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi va O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan koreys diasporasining 85 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan. Forumda ikki davlatning yuqori martabali vakillari - yetakchi ekspertlari va tahlil markazlari rahbarlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston – Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi (FOTO)“O‘zbekiston – Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi (FOTO)

“O‘zbekiston – Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi (FOTO)

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan ISMI direktorining birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov so‘nggi o‘ttiz yillikda O‘zbekiston-Koreya strategik sherikligi boy va samarali bo‘lib, oliy darajadagi muntazam aloqalar hamda davlatlararo muloqot mexanizmlari yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon ikki davlat rahbarlari o‘rtasida 18 marta sammit o‘tkazilgan. Shu bilan birga, so‘nggi besh yil davomida uchrashuvlar faol va muntazam tus oldi – 4 ta oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

Shu nuqtai nazardan, Janubiy Koreya tomoni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida bebaho texnik, maslahat va ekspert yordamini ko‘rsatayotganini ta’kidladi Akramjon Ne’matov. "Seul bizga ushbu Tashkilotga qo‘shilish natijalarini baholashda yordam beradi va JST kelishuvlari talablariga muvofiq milliy qonunchilikni ekspertizadan o‘tkazadi".

Koreya Respublikasi zamonaviy O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va modernizasiya qilishga ulkan hissa qo‘shgan biz uchun ishonchli, vaqt sinovidan o‘tgan hamkordir, – dedi ISMI vakili.

Koreya sarmoyasi tufayli O‘zbekiston sanoatining avtomobilsozlik, kimyo, metallurgiya, neft-gaz, qishloq xo‘jaligi kabi ko‘plab tarmoqlari taraqqiyotda kuchli yutuq qo‘lga kiritilgani alohida ta’kidlandi. 2016 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobarga – 1,1 milliard dollardan 2,8 milliard dollarga o‘sdi.

“2020-2021 yillarda pandemiya davrida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollargacha kamayganiga qaramay, joriy yil boshidan buyon barqaror o‘sib bormoqda. Birgina 2022 yilning birinchi yarmida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi allaqachon 1,3 milliard dollardan oshdi”, — dedi Akramjon Ne’matov.

Shuningdek, forumda “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi kotibiyati ijrochi direktori Li Jong Guk so‘zga chiqdi. Toshkentda o‘tgan 30 yil davomida Koreya Respublikasi va O‘zbekiston hamkorlikning barcha yo‘nalishlari, jumladan, siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda sezilarli yutuqlarga erishganini ta’kidladi.

Ekspertning fikricha, O‘zbekiston Koreya Respublikasining Markaziy Osiyodagi eng muhim hamkori hisoblanadi. Buni mamlakat Seul bilan “maxsus strategik hamkorlik” o‘rnatgan “to‘rtlik” davlatlardan biri ekanligi ham tasdiqlaydi.

O‘zbekiston mustaqilligining barcha yillarida Koreya mamlakatimizning sanoat va inson salohiyatini yuksaltirishga doimo salmoqli hissa qo‘shib kelgan va qo‘shib kelmoqda. Janubiy Koreya tajribasi keng joriy etilib, “elektron hukumat”, davlat boshqaruvi, AKT, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga Koreya Respublikasidan mutaxassislar jalb etilmoqda. Yurtimizda energetika, avtomobilsozlik, kimyo, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida ko‘plab qo‘shma korxonalar, Janubiy Koreyaning bir qator oliy o‘quv yurtlarining filiallari, koreyscha o‘qitish metodikasi asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar ta’limi va axborot texnologiyalari markazlari, shuningdek, Koreya madaniyati va san’ati uyi ochildi.

Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi qurildi.

“O‘zbekiston – Koreya: kelajakka nazar” ekspert forumida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vazir maslahatchisi Kuk Jang Xyon shunday baho berdi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida “Yangi O‘zbekiston”ning izchil qurilishi O‘zbekiston-Koreya hamkorligiga turli sohalarda, jumladan, raqamli iqtisodiyotda ham yangi ko‘rinish berishi mumkin.

O‘zbekistonning Koreya bilan xalqaro maydondagi o‘zaro hamkorligi mamlakatimizning mustaqil tashqi siyosatini shakllantirish, uning global va mintaqalararo hamkorlik mexanizmlariga integrasiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida muntazam ravishda inson kapitali almashinuvi ikki tomonlama yaqin munosabatlarning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. bugungi kunda Koreyada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 75 mingdan ortiq kishiga yetgan bo‘lsa, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan koreyslar soni qariyb 180 ming kishini tashkil etadi.

O‘z navbatida, ikki davlat o‘rtasida yillik inson kapitali almashinuvi 25 ming kishini tashkil etadi. Xususan, Kotibiyat direktori Li Jong Guk ta’kidlaganidek, u rahbarlik qilayotgan Koreya jamg‘armasi tomonidan bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan loyihalar keng amalga oshirilmoqda.

Seul Milliy universiteti xalqaro aloqalar kafedrasi professori Shin Beom ta’kidlaganidek, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi “Barqaror savdo-iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim” (STEP) Toshkentga tashqi savdoda o‘zaro hamkorlikning ilg‘or shakllarini joriy etish, tashqi savdo operasiyalari bilan bog‘liq tartib-qoidalarni yengillashtirish va eksportni rag‘batlantirish imkonini beradi.

Koreyalik ekspert so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi STEP muzokaralarining muvaffaqiyatli yakunlanishi Yevroosiyo makonidagi boshqa rivojlanayotgan davlatlar bilan savdo shartnomalarini tuzish uchun iqtisodiy hamkorlikning “namunali modeli” bo‘lishi mumkin.

Ruxsora Ortiqova,

O‘zJOKU harbiy jurnalistika talabasi

Kiritildi: 21:00 24.08.2022. O'qildi: 2759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!