📊 Joriy yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston jami 22,98 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksport qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur qiymatning 8,42 mlrd dollari (36,7%) oltin sotuvi hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakat tarixida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ya’ni, o‘tgan davrlarda hatto yillik sotuvlar ham bu sakkiz oylik qiymatga yetmagan.
Taqqoslash uchun:
➖ 2024 yil yanvar–avgustda oltin eksporti 4,98 mlrd dollar bo‘lgan;
➖ 2023 yilda oltin eksporti keskin o‘sib, 8,1 mlrd dollarga yetgan;
➖ 2021 va 2022 yillarda har biri bo‘yicha qiymat 4,1 mlrd dollardan tashkil etgan.
➖ 2018 yilda – 2,9 mlrd dollar,
➖ 2019 yilda – 4,9 mlrd dollar,
➖ 2020 yilda – 5,8 mlrd dollarlik oltin sotilgan.
🏦 2025 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qiymati birinchi marta 50,1 mlrd dollarga yetdi. Shundan 40 mlrd dollardan ortig‘i oltin hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakat zaxirasida 11,8 mln unsiya (334,5 tonna) oltin mavjudligi qayd etilgan.