O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi I milliy ma’ruzasini e’lon qildi. Unda so‘nggi yetti yil ichida jurnalistika soxasida erishilgan yutuqlar sanab o‘tilgan.
Shuningdek, keyingi yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Jumladan:
- O‘zbekistonda jurnalistika sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish
- Prezidentning “O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini tayyorlash
- 2023-2024 yillarda uyushmaning 60 nafarga yaqin a’zosi xorijiy davlatlar OAVlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini, nufuzli mediatadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash
- uyushma tomonidan 2024 yilning birinchi yarim yilligida Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy mediatuzilmalari hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish.