Prezidentning maxsus vakili Filippin so‘nggi ikki oy ichida O‘zbekiston muzokaralarni yakunlagan to‘rtta davlatdan biriga aylanganini qo‘shimcha qildi.
O‘zbekiston Filippin bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda 1 dekabr kuni prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov o‘zining LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.
Filippin O‘zbekiston bilan tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagan 23-mamlakat bo‘ldi. Urunov va respublikaning JSTdagi elchisi Tixanki ManuEl 1 dekabr kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda protokolni imzoladilar. Marosimda JST bosh direktori o‘rinbosari Chjan Syanchen ham ishtirok etdi.
«Men Jenevada bilgan eng yaxshi elchilardan biriga ushbu natijaga erishish uchun ishtirok etgani, qo‘llab-quvvatlagani va birgalikda ishlagani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘zbekiston-Filippin muzokara guruhlariga alohida minnatdorchilik bildiraman — biz buni birgalikda amalga oshirdik,» — deb yozdi Azizbek Urunov.
Prezidentning maxsus vakili Filippin so‘nggi ikki oy ichida O‘zbekiston muzokaralarni yakunlagan to‘rtta davlatdan biriga aylanganini qo‘shimcha qildi. Bular orasida El-Salvador, AQSh va Xitoy bor.