Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Jahon bankidan 400 million dollar qarz oldi

O‘zbekiston Jahon bankidan 400 million dollar qarz oldi

Jahon banki tomonidan O‘zbekistonni rivojlantirish uchun 400 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 17 iyun kuni qabul qilingan “Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonning o‘tish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 5 yillik imtiyozli davr bilan 18 yilga 150 mln dollar, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi esa 5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga 250 mln dollar mablag‘ ajratgan.

Qayd etilishicha, XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarz O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz, xizmat ko‘rsatganlik va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Kiritildi: 21:57 20.06.2022. O'qildi: 3603 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!