Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston gender tengligini ta’minlashda qanday natijalarga erishdi?

O‘zbekiston gender tengligini ta’minlashda qanday natijalarga erishdi?

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari O‘zbekistonda 2018-2022 yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) dan biri bo‘yicha erishilgan natijalarni tahlil qildi.

Beshinchi maqsad bo‘lgan "Gender tengligini ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish" 9 ta vazifa va 10 ta ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlashga qaratilgan qator qonunlar qabul qilindi. Ular:
➖ “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun;
➖ “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun;
➖ “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonun;
- Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar.

2030-yilgacha barcha sohalar va darajalarda ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglik tamoyilini joriy etishga nisbatan kompleks yondashuvni ko‘zda tutuvchi O‘zbekistonda gender tengligi strategiyasi va 2022-2026 yillarda mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar faolligini oshirish milliy dasturi tasdiqlandi.

Natijada turli idoralarda ayollar egallab turgan o‘rinlar ulushi ortdi. Xususan:
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ayol deputatlar ulushi 2018-yildagi 12,6 foizdan 2022-yilda 32,0 foizga, Oliy Majlis Senatida 20,0 foizdan 25,0 foizga oshdi;
- tahlil qilinayotgan davrda rahbar lavozimidagi ayollarning ulushi 27,0 foizdan 28,2 foizga oshdi.

2018-2022 yillarda bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi:
➖ 20-24 yosh oralig‘idagi ayollar o‘rtasida 18 yoshga to‘lmasdan qonuniy va noqonuniy turmush qurgan ayollar ulushi 2018-yilda 2,85 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 0,05 foizga kamaydi;
➖ 15-19 yosh oralig‘idagi xotin-qizlar o‘rtasida jinsiy munosabatlar, homiladorlikdan saqlovchi vositalar va reproduktiv salomatlikni saqlash xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha mustaqil qarorlarni qabul qiluvchilar (2021-2022 yillardagi MICS kuzatuvi natijalari bo‘yicha) 54,7 foizni tashkil qiladi;
➖ 25 va undan katta yoshdagi ayollarning oliy ta’lim darajasi (uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlariga asosan va tegishli guruhlarga nisbatan) 2018-yildagi 12,7 foizdan 2022-yilda 13,8 foizga oshdi;
➖ ko‘rib chiqilayotgan davrda erkaklar va ayollarning o‘rtacha oylik ish haqi o‘rtasidagi farq 38,6 foizdan 34,0 foizga kamaydi;
➖ “Ayollar, biznes va qonun” global indeksida O‘zbekistonning reytingi 6,2 ballga yaxshilanib, 2022-yilda (jami 100 balldan) 70,6 ballni tashkil etdi;
➖ Gender Data Compass tomonidan 2022-yilda e’lon qilingan gender ma’lumotlarining mavjudligi reytingida O‘zbekiston dunyoda 185 ta mamlakat orasida 56-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 3-o‘rinni egalladi. Open Data Watch ma’lumotlarining ochiqligi reytingida mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-o‘rinni va dunyoning 195 ta davlati orasida 30-o‘rinni egalladi.

5-maqsadning bajarilishi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi maqsadlari bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘lib, unda mamlakda gender tengligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilgan va quyidagi vazifalar belgilangan:
➖ xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zini o‘zi band qilishida ko‘maklashish;
➖ ayollarni tazyiq hamda zo‘ravonlikning turli shakllaridan himoyalash;
➖ xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketgan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
➖ joylarda xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni sotishda ko‘maklashish, ular o‘rtasida tadbikorlikni rivojlantirish.

Kiritildi: 23:23 20.02.2024. O'qildi: 1379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!