AQShdagi 100 dan ortiq noqonuniy o‘zbekistonlikni vatanga qaytarish uchun Nyu York-Toshkent yo‘nalishida maxsus reys tashkil etiladi — O‘zbekiston TIV.
"O‘zbekiston AQSh bilan migrasiya siyosati va fuqarolarni repatriasiya qilish sohasida hamkorlikni faol kuchaytirmoqda. Oldin erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar doirasida AQShda noqonuniy ravishda bo‘lib turgan va deportasiya qilinishi lozim bo‘lgan xorijliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish maqsadida 30 aprel kuni Nyu York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reys tashkil etiladi", — deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanov.