Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada registrasiya qilish uchun 15 kun muddat beriladi

O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada registrasiya qilish uchun 15 kun muddat beriladi

2021 yil 17 iyun kuni Toshkent va Moskva shaharlarida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federasiyasi hududida va Rossiya Federasiyasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi hukumatlararo Kelishuvni ratifikasiya qilish to‘g‘risidagi qonun Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolandi.

Ushbu Kelishuvga muvofiq, endilikda ikki davlat fuqarolari o‘zaro mamlakatlar hududiga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida yashash joyida ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston fuqarolari Rossiya hududiga kirgandan so‘ng 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasa, bu javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Bitim ratifikasiya qilinishiga qadar bu muddat o‘zbekistonliklar uchun 7 kun, rossiyaliklar uchun esa 3 kun edi.

Kiritildi: 21:57 07.05.2022. O'qildi: 3331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!