FIFA tomonidan milliy terma jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, ayni paytda Ispaniya terma jamoasi dunyoning eng kuchli jamoasi sifatida reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onada Argentina joylashgan bo‘lsa, Fransiya uchinchi o‘rinni band etgan.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu reytingda 52-pog‘onadan o‘rin oldi.
Ma’lumot uchun, “Oq bo‘rilar” Osiyo qit’asi terma jamoalari orasida 5-o‘rinda qayd etilgan. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida yanvar oyida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.