Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston - Eron o‘yiniga chiptalarni qayerdan olish mumkin?

O‘zbekiston - Eron o‘yiniga chiptalarni qayerdan olish mumkin?

21 noyabr kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishidan xabaringiz bor. Bu o‘yinga chiptalarni qayerdan xarid qilish borasida O‘FA ma’lumot berdi.

"Futbol muxlislari tomonidan ushbu uchrashuvga qiziqish yuqori bo‘lmoqda. Chiptalar sotuvi Bunyodkor stadioni rasmiy kassalari hamda iTicket.uz saytida yo‘lga qo‘yilgan. Shu o‘rinda chiptalarni noqoqnuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlari uchrayotgani haqida ogohlantiramiz! Bunday nopok ishga qo‘l urganlarga qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

Futbol muxlislarini faqatgina rasmiy kassalardan chipta olishlarini, qalbaki hamda chayqovchilar qo‘lidan olingan chiptalardan extiyot bo‘lishlarini so‘raymiz", - deyiladi O‘FA xabarida.

Kiritildi: 07:17 21.11.2023. O'qildi: 4450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!