Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston elchisi Belarus tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

A A A
O‘zbekiston elchisi Belarus tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Raxmatulla Nazarov bugun Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynikka ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbir davomida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Belarus hamkorligining siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi dolzarb masalalari, ikki mamlakatning integrasion tashkilotlardagi o‘zaro hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar davlatlararo muloqotga qo‘shimcha dinamika qo‘shishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, turli darajadagi qo‘shma tadbirlar rejalari xususida ham fikr almashildi.

Kiritildi: 20:49 05.02.2024. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!