Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Ekologik partiyasi: uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

A A A
O‘zbekiston Ekologik partiyasi: uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

Bugungi kunda insoniyat to‘qnash kelayotgan eng katta muammolardan biri – hech shubhasiz, ekologik muammolardir. Bu mavzu so‘nggi vaqtlarda nafaqat olim-u-ekspertlar, balki siyosatchilar tomonidan ham insoniyat kelajagiga halokatli xavf soladigan muammolardan biri sifatida ta’kidlanmoqda.

Shu ma’noda aytganda, O‘zbekiston Ekologik partiyasi yetakchisi Abdushukur Hamzayev o‘zining saylovoldi dasturida ushbu muammolarga alohida e’tibor qaratayotgani, kelajakda insoniyat yashab qolishining eng asosiy sharti – bu sof ekologiya va atrof-muhit himoyasi ekanini ta’kidlayotganini alohida qayd etish joiz.

Partiya yetakchisining saylovoldi dasturida keskin ekologik muammolarning asosiy yechimi sifatida Yashil iqtisodiyotga o‘tish mavzusiga keng o‘rin berilgan. Aniqroq aytganda, nomzod o‘z dasturida ekologik barqaror muhit va samarali “Yashil iqtisodiyot” siyosatini hayotga joriy etish tufayli O‘zbekistonda barqaror va doimiy o‘sib boradigan iqtisodiyotni shakllantirishni taklif etmoqda. Bu aynan bugungi kunning asosiy talabi ekanini alohida ta’kidlash joiz. Shuningdek, nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan muhim masalalardan yana biri atrof muhitni muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilash;

- atrof tabiiy muhit ob’ektlaridan oqilona foydalanish va biologik resurslarning qayta tiklanishini ta’minlash;

- iqtisodiy faoliyatning atrof muhitga va aholining salomatligiga salbiy ta’sirini pasaytiruvchi innovasion texnologiyalarni joriy etish hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish;

- iqtisodiyotning barcha sohalarini “yashil” iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlantirishga yo‘naltirilgan siyosat yuritishdir.

Albatta, bu vazifalarning hal etilishi O‘zbekiston taraqqiyoti, xalq farovonligi va kelgusi avlod uchun ekologik barqaror vaziyatni asrab qolish, musaffo ekologik muhit yaratishda o‘ta muhim o‘rin tutadi.

Hech kimga sir emas, bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan qudratli davlatlari ham iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim yo‘nalishi bu – “Yashil iqtisodiyot” ekanini e’tirof etishmoqda. Xususan BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlarida ham ushbu mavzu alohida o‘rin egallagani, butun dunyo xalqlari ushbu g‘oya atrofida birlashayotgani – uning naqadar dolzarb ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasining nomzodi ilgari surayotgan ushbu mavzu ham aynan ushbu siyosatning muhim bir yo‘nalishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Nomzod tomonidan ilgari surilgan yana bir muhim g‘oya – mamlakatdagi biznesni yashil texnologiyalarga yo‘naltirish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda atrof-muhitga zarar yetkazuvchi tashkilotlar uchun to‘lovlarni keskin oshirishni nazarda tutuvchi “Yashil soliqqa tortish” tizimini joriy etishdir. Bu yo‘nalish ham mohiyat-e’tibori bilan o‘ta dolzarb sanaladi. Chunki bugungi kun tadbirkori, nafaqat aholini ish bilan ta’minlaydigan, mamlakatning ijtimoiy siyosatiga ko‘makchi bo‘ladigan, balki ona tabiatimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lib, uni asrab-avaylaydigan ekologik madaniyatli shaxs bo‘lmog‘i lozim. Nomzodning ushbu g‘oyasi va tashabbusi tadbirkorlar oldiga ulug‘vor maqsad, shuningdek, ta’bir joiz bo‘lsa, talab va takliflarni qo‘yadi.

Nomzodning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan yana bir muhim tashabbusi bu ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yetishtirishda pestisidlardan foydalanishdan to‘liq voz kechishga yo‘naltirilgan “Yashil O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqishdan iboratdir. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizning nafaqat ekologiya va atrof-muhit borasidagi siyosati takomillashuviga, balki uning butun dunyoda obro‘ va nufuzi oshishiga xizmat qilishini alohida qayd etish lozim.

Bektosh Berdiyev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dosenti,

Kiritildi: 17:28 19.06.2023. O'qildi: 12046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!