Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"O‘zbekiston deb adashdim": ukrainalik bloger Eron dronlari Tojikistonda ishlab chiqarilishini aytdi

"O‘zbekiston deb adashdim": ukrainalik bloger Eron dronlari Tojikistonda ishlab chiqarilishini aytdi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonning Tojikistonda Eron dronlari ishlab chiqarilishi haqidagi so‘zlarini haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi deb atadi. Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, Tojikiston uchinchi davlatlarga qurol yetkazib bermaydi.

“Biz ukrainalik bloger Dmitriy Gordonning 2022 yil 28 oktyabr kuni “Gordonga tashrif” onlayn-dasturida Eron tomoni Tojikistonda “ukrainaliklarni o‘ldiradigan” dronlarni ishlab chiqargani haqida aytgan so‘zlarini rad etamiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

“Biz Tojikiston Respublikasi uchinchi davlatlarga harbiy texnika eksport qilmasligini ta’kidlaymiz”, — dedi Tojikiston TIV.

Dastlab Dmitriy Gordon o‘z kanalida Eron dronlarini O‘zbekiston ishlab chiqarishini aytgandi. Biroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu ma’lumotni rad etdi. Shundan so‘ng jurnalist Tojikistonni O‘zbekiston bilan tasodifan adashtirib yuborganini aytdi.

“Aslida men O‘zbekistonni emas, Tojikistonni nazarda tutdim. Mening tilim esa O‘zbekiston so‘zini talaffuz qildi. O‘zbekistonda dron zavodi borligi ma’lum, ammo uning Eronga aloqasi borligi haqida hech qanday dalil yo‘q. Shuning uchun men Tojikistonni nazarda tutdim. Endi men buni takrorlamoqchiman, shuni aytmoqchimanki, Tojikistonda eronliklar dronlarni ishlab chiqaradilar, ular yordamida ruslar ukrainaliklarni o‘ldiradilar", dedi u You Tube kanalidagi dastur efirida.

“Janob Gordonga bunday izohlarga ehtiyotkorlik bilan yondashishni va tarqatilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirishni davom ettirishni tavsiya qilamiz. Shuningdek, Tojikiston tomoniga ushbu masala bo‘yicha rasmiy Kiyevdan hech qanday so‘rov kelib tushmaganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi Tojikiston TIV sharhida.

Kiritildi: 10:42 31.10.2022. O'qildi: 2333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!