Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston bo‘ylab Markaziy Osiyodagi eng katta marafonlardan biri – «Yangi Nafas» xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi start oladi

A A A
O‘zbekiston bo‘ylab Markaziy Osiyodagi eng katta marafonlardan biri – «Yangi Nafas» xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi start oladi

⚫️Ertaga, 25 iyun kuni tonggi soat 06:00 da mamlakatimizning 16 ta shahrida Xalqaro olimpiya kuni va Yoshlar kuni munosabati bilan «Yangi Nafas» ommaviy yugurish musobaqasi start oladi.

Respublika bo‘ylab poygada 50 mingdan ortiq yuguruvchi ishtirok etadi. Shuningdek, mazkur poygaga ilk bor Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonlik yuguruvchilar ham qo‘shiladi.

🚩 Ertaga Toshkentda «Humo Arena» sport majmuasi maydonida «Yangi Nafas» marafoni boshlanadi. Ishtirokchilar Olympic Day munosabati bilan 3 km, 10 km va 1 mil (1,61 km) masofalardan birini tanlashlari mumkin.

📍 Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Samarqand, Nukus shaharlarida ikki masofadan birini tanlash mumkin — 3 km va 1 mil, Andijon, Guliston, Nurafshon, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Urganch shaharlarida esa faqat 3 km masofa mavjud.

⏳ Barcha shaharlarda tonggi soat 6:00 da musobaqaga start beriladi.

🎤 Ertaga soat 19:30 dan 21:30 ga qadar «Milliy Bog‘» istirohat va madaniyat bog‘ida Yoshlar kuni va Olympic Day kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan «Yangi Nafas» yugurish musobaqasi munosabati bilan mashhur o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida bayram konserti bo‘lib o‘tadi.

🏆 Konsert davomida «Yangi Nafas» yugurish musobaqasi g‘oliblariga tantanali ravishda sovg‘alar va sovrinlar topshiriladi.

Kiritildi: 19:52 24.06.2023. O'qildi: 1121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!